Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkentlik usta hunarmand Tohir Komilov

Toshkentlik usta hunarmand Tohir Komilov

Yurtimizda hunarmandchilikning ko‘plab turlari bilan qadimdan ajdodlarimiz faol shug‘ullangan. Xalqimiz hunar o‘rganib, turli bejirim buyumlar yaratish, kundalik hayotda asqotadigan jihozlar tayyorlash, shu orqali o‘z mehnati bilan odamlarga naf keltirishni qadriyat darajasiga ko‘targan. Hunarmandchilikning u yoki bu yo‘nalishi bir oila vakillarining asosiy mashg‘ulotiga aylanishi natijasida mohir hunarmandlar sulolasi yuzaga kelgan. Joylarda o‘ziga xos maktablar shakllangan. Bugungi kunda mamlakatimizda hunarmandchilikning o‘ttiz to‘rt yo‘nalishi mavjud. Ushbu yo‘nalishlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yurtimizda va undan tashqarida tashkil etilayotgan ko‘rgazmalarda muvaffaqiyat qozonayotgani sir emas.
Bugungi lavhada Toshkentlik yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan usta hunarmand Tohir Komilov haqida so‘z yuritamiz.

Uyushma Axborot xizmati