O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan majburiy ijro byurosi ish yurituvidagi ijro xujjatlari bo‘yicha ishsiz, aliment to‘lovchi qarzdor shaxsparning bandligini ta’minlash maqsadida 2020 yilning 9 dekabr kuni To‘rtko‘l tumanidagi Madaniyat saroyida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Ushbu…
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan majburiy ijro byurosi ish yurituvidagi ijro xujjatlari bo‘yicha ishsiz, aliment to‘lovchi qarzdor shaxsparning bandligini ta’minlash maqsadida 2020 yilning 9 dekabr kuni To‘rtko‘l tumanidagi Madaniyat saroyida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Ushbu mehnat yarmarkasida tuman hokimi o‘rinbosarlari E.Xalimbetov, A.Avezimbetov, tuman prokurori M.Matchanov, ”Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i F.Atadjanova,Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori U.Aytbayev hamda ishsiz aliment to‘lovchi qarzdor shaxspar, ishsiz fuqarolar ishtirok etdilar.
Ushbu mehnat yarmarkasida ”Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi a’zolarining hunarmandchilik buyumlari yarmarkasi ham tashkil qilindi. Shu bilan birgalikda tuman markazidan olisda joylashgan «Yonboshqal’a» OFYdagi F.Yuldashevaga shogirdlikka biriktirilgan 5 nafar «Temir daftar»ga kiritilgan oila farzandlariga o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlari uchun «Hunarmand» uyushmasi tomonidan sertifikatlar topshirildi.