Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > To‘rtko‘l tumanida temir daftarga ro‘yxatga turgan oila farzandlariga navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi

To‘rtko‘l tumanida temir daftarga ro‘yxatga turgan oila farzandlariga navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi

     Mamlakatimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan hunarli bo‘lishga  ishtiyoqi baland bo‘lgan yoshlarni kasb-hunarga bo‘lgan qizishlaridan kelib chiqqan holda o‘z hayot yo‘llarini topishlari, o‘zlari yoqtirgan hunarni egallashlari uchun shart sharoitlar mavjud.    «Hunarmand» uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan 1-sektor hududida joylashgan «Sho‘raxon» ovul fuqarolar yig‘inida temir daftarga kiritilgan oilalarning  6 nafari  hunarmandchilikka qiziqishi bo‘lgan yoshlar…

     Mamlakatimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan hunarli bo‘lishga  ishtiyoqi baland bo‘lgan yoshlarni kasb-hunarga bo‘lgan qizishlaridan kelib chiqqan holda o‘z hayot yo‘llarini topishlari, o‘zlari yoqtirgan hunarni egallashlari uchun shart sharoitlar mavjud.

   «Hunarmand» uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan 1-sektor hududida joylashgan «Sho‘raxon» ovul fuqarolar yig‘inida temir daftarga kiritilgan oilalarning  6 nafari  hunarmandchilikka qiziqishi bo‘lgan yoshlar aniqlandi va ular  «Hunarmand» uyushmasi tuman bo‘limi a’zosi, metall temir darvoza va eshiklar ustasi Bahrom Seitovga shogirdlikka biriktirildi.

  To‘rtko‘l tumanining «Sho‘raxon» ovulida tug‘ilgan Bahrom temirchilikka qiziqqani bois 2016 yilda temir darvoza va eshik yasaydigan hunarmand ustaga shogirdlikka tushdi.  Bir yarim  yilda ushbu hunarni  mukammal o‘rganib, ustozidan oq fotiha olib, o‘zi  mustaqil ish boshladi. Bugun ushbu hunarmandning shogirdlari soni yana 6 nafarga ko‘paydi. Chunki, bugun ovuldagi  hunarga qiziquvchi  ehtiyojmand oila farzandlari ustaning hunarini o‘rganishga bel bog‘ladi.

    Mustaqil tarzda ish boshlaganimda qo‘limda faqat bir dona payvandlash uskunasi bor edi xolos. Bugungi kunda  3ta yangi ish o‘rni yaratib, oyiga 25-30 ta eshik, 3-4 ta  darvoza tayyorlamoqdamiz. Ikki nafar shogirdlarimiz  ustozlikka  chiqish arafasida. Bugun kelgan yoshlarga ham o‘z hunarimni o‘rgatib, ularning ham oilasiga foydasi tegadigan hunarli inson qatoriga qo‘shishga o‘z ulushimni qo‘shayotganimdan hursandman,  dedi hunarmand usta.

– Yoshlar hunar egallab, hayotda o‘z o‘rnini topib, oilalarining  moddiy ta’minotiga ozgina hissa qo‘shishsa-biz o‘z maqsadimizga erishgan bo‘lardik.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati