Kerol Аnne Gvizdak, Buyuk Britaniyalik Xalqaro hunarmandchilik festivali ishtirokchisi (zargar):
Xalqaro hunarmandchilik festivalida Uelsni nomidan ishtirok etish uchun zargar hunarmand sifatida tanlanganimdan hursandman. Festivalda ishtirok etishimdan oldin Oʼzbekiston, uning madaniyati, xalq amaliy sanʼati toʼgʼrisida maʼlumotga ega boʼldim va shuning uchun tadbirga oʼzgacha ishtiyoq bilan tashrif buyurdim.
Аvvalo festivalda ishtirok etayotgan mahalliy va xalqaro hunarmandlarning soni meni hayratga soldi. Soʼnggi yillarda Buyuk Britaniyada bu kabi mahoratli tadbirlar kam oʼtkazilmoqda. Аlbatta, xalqning oʼz ijodiy merosiga boʼlgan hurmatini koʼrish quvonchlidir. Bizni faxriy mehmon sifatida kutib olishdi. Аyniqsa, oʼzbek xalqining mehmondoʼstligi bizni hayratga qoldirdi. Har birimizga alohida tarjimonlar ajratilganligi bizni yanada ilhomlantirdi. Tarjimonlar yosh, aqlli va oʼz xalqlari uchun haqiqiy jonkuyar edi. Festivalda hunarmandchilik mahsulotlarimizni namoyish etishda tarjimonlarning ham hissasi katta boʼldi. Menga ajratilgan tarjimon Ziroatxon menining ishimga qiziqqan insonlarga tushuntirib berishda katta yordam berdi. Mening vatanim, zargarlik buyumlarini qanday yasashim toʼgʼrisida qiziqqan insonlar koʼp boʼldi.