Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Сурхондарё вилоятининг Денов туманида каштачилик ва гиламчилик ҳунар ўрганиш ўқув курсларини 20 нафар қизлар муваффақиятли якунлади

Сурхондарё вилоятининг Денов туманида каштачилик ва гиламчилик ҳунар ўрганиш ўқув курсларини 20 нафар қизлар муваффақиятли якунлади

             Hunarmandchilikning qo‘lda gilam to‘qish yo‘nalishi, gilamdo‘zlik san’ati xalq amaliy bezak san’ati, hunarmandchilikning keng tarqalgan turi hisoblanib, ko‘p asrlik milliy an’ana va uzoq tarixga ega. Milliyligimizni o‘zida aks ettirib turuvchi xalq amaliy san’ati namunalari kelajak avlodni milliy tariximiz bilan tanishtirishga, gilamlarimizda aks etgan milliy qadriyat va ruhiyat o‘zligimizni anglash va namoyon etishga xizmat qiladi.            …

             Hunarmandchilikning qo‘lda gilam to‘qish yo‘nalishi, gilamdo‘zlik san’ati xalq amaliy bezak san’ati, hunarmandchilikning keng tarqalgan turi hisoblanib, ko‘p asrlik milliy an’ana va uzoq tarixga ega. Milliyligimizni o‘zida aks ettirib turuvchi xalq amaliy san’ati namunalari kelajak avlodni milliy tariximiz bilan tanishtirishga, gilamlarimizda aks etgan milliy qadriyat va ruhiyat o‘zligimizni anglash va namoyon etishga xizmat qiladi.

             Gilamdo‘zlik mamlakatimiz hududida qadimdan rivojlangan. Ushbu hunarmandlik turi yurtimizda keng tarqalgan bo‘lib, bugungi kunda asosan Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida an’anaviy maktablar saqlanib qolgan.

            Kashtachilik – O‘zbekiston amaliy-bezak san’ati turlari orasida eng qadimiysi hisoblanadi. O‘zbek kashtalari noyobligi, go‘zalligi, bezak-naqshlari va texnik usullarining ko‘pligi bilan ajralib turadi.

            Hunarmandchilikning kashtachilik yo‘nalishi asosan savdo-hunarmandchilik shaharlarida va yirik qishloqlarda hamda O‘zbekistonning qadimiy dehqonchilik madaniyati markazlarida (Xorazmdan tashqari) keng tarqalib kelgan. XIX asrda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Nurota, Shahrisabz, Farg‘ona kabi katta-katta kashtachilik markazlari bo‘lgan. Mazkur kashtachilik maktabida liboslarga tikilgan kashtalar alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, ushbu maktablarda o‘ziga xos uslub va ranglar mutanosibligi mavjud bo‘lib, mamlakatimiz hududida mavjud kashtachilik maktablari juda boy tarixiy-ijtimoiy, falsafiy-ramziy hamda amaliy san’atning rang-barang ko‘rinishi bilan alohida o‘rin tutadi.

            O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmad” uyushmasi respublikamiz hududlarida hunarmandchilikning ushbu yo‘nalishlarini saqlab qolish va rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hunar o‘rganish o‘quv kurslari tashkil etib kelmoqda.

            O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmnad” uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan ham viloyatning chekka hududlarida gilamchilik va kashtachilikni rivojlantirish uchun hunar o‘rganish o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

            Denov tumanida ham gilamchilik va kashtachilik hunar o‘rganish o‘quv kurslari tashkil etilgan edi. Ushbu hunar o‘rganish o‘quv kurslarini 20 nafar qizlar muvaffaqiyatli yakunlashdi. Darslar usta-shogird an’analari asosida olib borildi va usta hunarmand va shogirdlarga  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining  viloyat boshqarmasi tomonidan stipendiyalar ajratilidi va  to‘lab berildi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati