"Hunarmand" uyushmasi > Qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida

     Ma’lumki kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PQ-5033-son qarori qabul qilingan.

    Ushbu qarorga muvofiq «Hunarmand» uyushmasi tasarrufidagi «Cрафт анд арт» MCHJga ma’lum vazifalar belgilab berilgan hamda ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan 2021-yilda 5,0 milliard soʻm, 2022-yilda 5,0 milliard soʻm subsidiya ajratilishi belgilangan.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida MCHJ tomonidan 2021-yilda jami 4,4 milliard soʻmlik hunarmandchilik mahsulotlari harid qilindi. Shundan 1.4 milliardini kulolchili mahsulotlari tashkil etadi.

    Joriy yilda ham Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar, turizm rivojlangan viloyatilarida savdo doʻkonlari va shourumlar, tashkil etish, onlayn savdoni rivojlantirish hamda kulollarni yanada ragʻbatlantirish maqsadida Rishton Xalqaro kulolchilik markazida faoliyat olib borayotgan usta hunarmandlardan (01.03.2022 holatiga) 167 mln soʻmlik, Respublikaning boshqa xududlaridan 121 mln. soʻmlik kulolchilik mahsulotlar xarid qilindi.

– Mahsulotlari xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar binolarida tashkil etilgan shourum, yirik shaharlarda ochilgan doimiy ishlab turuvchi koʻrgazma zali va savdo doʻkonlariga yetkazilishidan barcha kulollar juda mamnun boʻlishmoqda , – deydi , biz bilan suhbatda «Cрафт анд арт» MCHJ rahbari Baxtiyor Allakov.

   Mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik an’analarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda , xalq ustalarining mehnatini munosib ragʻbatlantirish, kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadidida faoliyat olib borayotgan «Hunarmand» uyushmasi tasarrufidagi «Cрафт анд арт» MCHJning ishlariga rivoj tilaymiz.

“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati