Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Respublikada Rishton kulolchilik maktabining tajribasini keng targʼib qilish hamda yangi ish oʼrinlari tashkil etish maqsadida

Respublikada Rishton kulolchilik maktabining tajribasini keng targʼib qilish hamda yangi ish oʼrinlari tashkil etish maqsadida

Kulolchilik anʼanalarini saqlab qolish, Rishton kulolchilik maktabining tajribasini respublika miqyosida yoyish hamda sir-sinoatlarini “Ustoz-shogird” anʼanalari yoʼnalishida oʼrgatish maqsadida, rishtonlik usta kulollar ishtirokida Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda amalga oshirilishi belgilangan yoʼl xaritasi “Oʼzsanoatqurilishbank” АTB, Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi va Fargʼona viloyat hokimligi bilan birgalikda tasdiqlandi va bu borada ishlar boshlandi.

Ushbu yoʼl xaritaga binoan usta hunarmandlar oʼzlariga belgilangan hududdagi mavjud hamda yangi tashkil qilinadigan kulolchilik sohalari uchun Rishton kulolchilik maktabining tajribasi asosida davra suhbatlari tashkil etadilar. Davra suhbatlarida viloyat hokimligi, bank, soliq, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi, kommunal idoralar (gaz, elektr energiyasi, suv) va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamda kulolchilik sohasi vakillari va kulolchilik sohasi bilan shugʼullanish istagini bildirgan fuqarolar (tadbirkorlar) ishtirok etadi. Davra suhbatlari natijalari hamda tushgan taklif va talablarga muvofiq Rishton kulolchilik maktabining tajribasi asosida kulolchilik sir-sanoatlarini “Ustoz-shogird” anʼanalari yoʼnalishida oʼrganishni xoxlovchilar shuningdek, kulolchilik yoʼnalishida oʼzini ishlab chiqarishini kengaytirishni xoxlovchilar aniqlanadi va roʼyxati shakllantiriladi. “Ustoz-shogird” anʼanalari yoʼnalishida Rishton kulolchilik maktabining tajribasiga tayangan holda kerakli asbob – uskuna hamda xomashyo materiallari bilan nazariy va amaliy mashgʼulotlar oʼtkaziladi. Shuningdek, viloyatda mavjud tijoriy yoʼnalishidagi sovgʼabop buyumlar hamda uy-roʼzgʼor buyumlari ishlab chiqarish (konveyr uslubida) sexlariga borib hamda ularga mahsulotlarni koʼpaytirish va sifatini yanada oshirish boʼyicha maslahatlar beriladi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati