Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Respublika “Hunarmand” uyushmasida Sirdaryo viloyati Sirdaryo tuman “Sholikor” MFY hokim yordamchisi Qodirbek Userov mahallasida hunarmandchilikni rivojlantirish, xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida uyushma mas’ullari bilan uchrashdi

Respublika “Hunarmand” uyushmasida Sirdaryo viloyati Sirdaryo tuman “Sholikor” MFY hokim yordamchisi Qodirbek Userov mahallasida hunarmandchilikni rivojlantirish, xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida uyushma mas’ullari bilan uchrashdi

Bugungi kunda “Sholikor” MFYda uch mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.  Hokim yordamchisi Q.Userov 28 nafar hunarmandchilikka layoqati bor, tikuvchi  ayollarni “Hunarmand” uyushmasiga a’zo qildi. 28 nafar opa-singillarimizdan 6 nafari “Temir daftar” ro‘yxatida turadi. Hokim yordamchisi  mahalladagi bo‘sh turgan 3ta xonali joyni  tikuvchi ayollar faoliyat olib borishlari uchun ta’mirlab, tayyorladi. Endi bu tikuvchi ayollarga 28ta tikuv mashinasi kerak….

Bugungi kunda “Sholikor” MFYda uch mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.  Hokim yordamchisi Q.Userov 28 nafar hunarmandchilikka layoqati bor, tikuvchi  ayollarni “Hunarmand” uyushmasiga a’zo qildi. 28 nafar opa-singillarimizdan 6 nafari “Temir daftar” ro‘yxatida turadi.

Hokim yordamchisi  mahalladagi bo‘sh turgan 3ta xonali joyni  tikuvchi ayollar faoliyat olib borishlari uchun ta’mirlab, tayyorladi. Endi bu tikuvchi ayollarga 28ta tikuv mashinasi kerak. Hokim yordamchisi ushbu muammoni hal qilish uchun “Hunarmand”uyushmasiga keldi.

Bu muammoni hal qilish uchun Sirdaryo viloyatiga mas’ul, uyushma bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari  A.Babayev hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirishga , hunarmandlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 oygacha imtiyozli davr bilan kredit berilishi, imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha «oilakredit.uz» elektron platformasida hunarmandlarni onlayn navbatga qo‘yish va ularning loyihalarini kreditlash uchun alohida bo‘lim ishga tushirilganligini tushuntirdi.

Bo‘lim boshlig‘i J.Tillakov subsediya olish kerakligini, subsidiyalar ajratilishi, «usta-shogird» an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga , shogirdlarga  berilishini, subsidiya ajratiladigan hunarmandlar va shogirdlar hisobi «Hunarmand» uyushmasi tomonidan yuritilib, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining «Onlayn mahalla» elektron platformasi bilan integrasiya qilinishini tushuntirib berdi.

Bo‘lim boshlig‘i A.Sayfullayeva ayollarni  hunarga jalb etish borasidagi imkoniyatlar, grant loyihalari haqida gapirib berdi. Mirvohid Mirkomilov grant loyihalari tartibini so‘zlab berdi. Axborot xizmati rahbari  N.Xotamova mahallada boshqa hunar turlarini ham rivojlantirish haqida gapirdi.

Author: Uyushma axborot xizmati