Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Qashqadaryo viloyatida “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi

Qashqadaryo viloyatida “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Bekmir” madrasasida Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasining “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida “Hunarmand” uyushmasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda  nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan tadbir karantin qoidalariga rioya qilingan holda tashkil etildi. Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi vakillari…

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Bekmir” madrasasida Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasining “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida “Hunarmand” uyushmasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda  nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan tadbir karantin qoidalariga rioya qilingan holda tashkil etildi.

Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi vakillari A.Xudoyberdiyev, E.Do‘stov, “Hunarmand” uyushmasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Xalilov, muxassislar D.Mamatov, J.Hayidmuradov, B.Turayev, Nogiron jamiyati viloyat bo‘limi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasidan vakillar hamda hunarmandlar ishtirok etdi.

Tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslarga mavjud ish o‘rinlarini taklif qilish, hunarmandchilikka qiziqishi bo‘lgan imkoniyati cheklangan fuqarolarni usta-hunarmandlarga shogird sifatida biriktirish va ularni qo‘llab-quvvatlash  bo‘yicha tushuntirish  ishlari olib borildi.

Tadbirda hunarmandchilik yo‘nalishida ko‘rgazma tashkil etildi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati