Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > O‘zbekiston va Qatar qator sohalarda hamkorlik

O‘zbekiston va Qatar qator sohalarda hamkorlik

O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Bugun 2021 yilning 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev, rais o‘rinbosari Aziz Murtazayev  “KATARA” fondi bosh direktori professor Khalid Ibrahim Alsulaiti bilan Zoom dasturi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi…

O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.

Bugun 2021 yilning 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev, rais o‘rinbosari Aziz Murtazayev  “KATARA” fondi bosh direktori professor Khalid Ibrahim Alsulaiti bilan Zoom dasturi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Aytish lozimki, “KATARA” fondi san’at va madaniy aloqalarga yo‘naltirilgan  yirik va ko‘p qirrali madaniy loyihadir. Mazkur tashkilot Qatar  merosi va urf-odatlarini saqlashga u haqida targ‘ibot xalqaro, mintaqaviy va mahalliy festivallar, ustaxonalar, spektakllar va ko‘rgazmalar tashkillashtiradi va madaniy aloqalarni rivojlantirishga o‘z loyihalari bilan ishtirok etadi.

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev O‘zbekiston Respublikasida hunarmandchilikni davlat tomonidan ko‘llab quvvatlanishi va “Hunarmand” uyushmasi faoliyati to‘g‘risida Kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

“KATARA” fondi bosh direktori professor Khalid Ibrahim Alsulaiti sohada amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari Aziz Murtazayev Qatar hamda O‘zbekiston hunarmandlarining tajriba almashuvini tashkil qilish to‘g‘risida gapirdi.

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va Qatar madaniyat fondi hamda Respublika “Hunarand” uyushmasi bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida o‘z takliflarini bildirdi

 “Hunarmand” uyushmasi
Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati