Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilindi

Farmonda “Hunarmand” uyushmasining a’zolari qo‘li gul hunarmand ayollarimiz ham taqdirlangan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Sattorova Oyjamol Sherbabayevna – «Hunarmand» uyushmasining Shahrisabz tumani bo‘limi a’zosi, milliy kashtachi-hunarmand, Qashqadaryo viloyati, Tuychiyeva Yarkinoy Mamazulunovna – «Hunarmand» uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a’zosi, do‘ppido‘z-usta, «Shuhrat» medali bilan Isxakova Nasiba Maxsudovna – «Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi a’zosi, kashtachilik-so‘zana ustasi ,Xalimova…

Farmonda “Hunarmand” uyushmasining a’zolari qo‘li gul hunarmand ayollarimiz ham taqdirlangan.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan Sattorova Oyjamol Sherbabayevna – «Hunarmand» uyushmasining Shahrisabz tumani bo‘limi a’zosi, milliy kashtachi-hunarmand, Qashqadaryo viloyati, Tuychiyeva Yarkinoy Mamazulunovna – «Hunarmand» uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a’zosi, do‘ppido‘z-usta,

«Shuhrat» medali bilan Isxakova Nasiba Maxsudovna – «Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi a’zosi, kashtachilik-so‘zana ustasi ,Xalimova Sharifa Raximovna – «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, qorako‘l mahsulotlari tikuvchisi taqdirlandilar.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi jamoasi, yurtimizdagi hunarmandlar nomidan taqdirlangan hunarmand ayollarni samimiy tabriklaydi, oilalariga tinchlik, xotirjamlik, faoliyatlariga omad tilaydi.

Author: Uyushma axborot xizmati