# Onlayn O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Toshkent viloyatida xizmat safarida. Xizmat safari davomida Uyushma rahbari Parkent tumanida faoliyat olib borayotgan Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar yo‘nalishida ijod qilayotgan usta hunarmand Nigora Mirobidova xonadonida bo‘lib hunarmand bilan suhbatlashdi. Bugungi kunda hunarmand Nigora Mirobidova 5 nafar shogirdlariga usta-shogird an’anasi asosida hunar o‘rgatib kelmoqda….
# Onlayn
O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Toshkent viloyatida xizmat safarida.
Xizmat safari davomida Uyushma rahbari Parkent tumanida faoliyat olib borayotgan Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar yo‘nalishida ijod qilayotgan usta hunarmand Nigora Mirobidova xonadonida bo‘lib hunarmand bilan suhbatlashdi.
Bugungi kunda hunarmand Nigora Mirobidova 5 nafar shogirdlariga usta-shogird an’anasi asosida hunar o‘rgatib kelmoqda.
Uyushma rahbari hunarmand bilan suhbatlashib faoliyatidagi muammolari bilan qiziqdi, takliflarini tingladi.
Ulug‘bek Abdullayev respublika bo‘lim boshlig‘i va viloyat boshqarmasi rahbariga tegishli ko‘rsatma berdi.