Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rais o’rinbosari Аkobir Hakimov Buxoro viloyatida

O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rais o’rinbosari Аkobir Hakimov Buxoro viloyatida

O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rais o’rinbosari Аkobir Hakimov hunarmandchilikni rivojlantirish va yangi ishga tushirilayotgan ob’ektlar bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatida bo’ldi.
Uyushma rais o’rinbosari Аkobir Hakimov Buxoro shahrida buxorolik taniqli xalq amaliy san’ati ustasi Davron Toshev tashabbusi bilan tashkil etilgan qadimiy usulda ipak qog’ozi ishlab chiqarishga mo’ljallangan hunarmandchilik markazida bo’ldi. Rais o’rinbosari bu yerda tashkil etilgan ish jarayonlari va usta-shogird maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Uyushma rais o’rinbosari Vobkent tumanida faoliyat olib borayotgan yog’och o’ymakori, usta hunarmand Shonazar Jumaev ustaxonasida bo’lib, hunarmand bilan suhbatlashdi.
Shonazar Jumaev bugungi kunda Buxorodagi yetti pir ziyoratgohlari uchun qadimiy yog’och o’ymaykorligi usulida darvoza tayyorlamoqda. Аkobir Hakimov ushbu jarayonlar bilan tanishdi. Hunarmand faoliyati uchun kerak bo’layotgan xomashyo masalasiga e’tibor qaratdi.
Uyushma rais o’rinbosari Buxoro tumanida usta hunarmand Аkmal Muxitdinov tomonidan qurilayotgan hunarmandchilik markaz faoliyati bilan tanishdi. Mazkur markaz uchta yo’nalishda yog’och o’ymakorligi, kashtachilik, ipak qog’ozlari tayyorlanish jarayonlarini o’zida mujassam etadi.
Shuningdek, Uyushma rais o’rinbosari qorako’llik hunarmandlar bilan uchrashdi. Bu haqida keyingi lavhalarimizda batafsil so’z yuritamiz.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati