Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekistonda Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi yangi O‘zbekiston tarixida yurtimizning kelgusi yillardagi rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim siyosiy hujjat bo‘ldi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uyg‘otadigan o‘ta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik bilan maslahatlar, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish majburiyligini aniq belgilash, jamoatchilik ma’qul desa – ma’qul, noma’qul desa – noma’qul bo‘ladi degan so‘zlari bizni juda quvontirdi. Ayniqsa, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoatchilik palatasini tashkil etishni taklif qilaman, deya ta’kidlaganlari tahsinga loyiq.
Darhaqiqat, haqiqiy ahvolni, joylardagi vaziyatni jamoatchilik biladi. Xalqning yashash tarzi, muammolari, orzu-havaslarini to‘liq bilish, qonunlar ijrosini keng tahlil etishda Jamoatchilik palatasining tashkil etilishi muhim, albatta.
Murojaatnomada xalqimiz uchun zarur bo‘lgan muammolar yechimi taklif etildi va iliq kutib olindi. Endi biz yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanib, Prezident va xalq oldidagi burchimizni vijdonan bajarishimiz kerak.
Zero, Murojaatnomada barcha bo‘g‘indagi rahbarlar zimmasiga katta vazifalar qo‘yilar ekan, ularning xalq oldidagi mas’uliyati naqadar ulug‘vor ekaniga e’tibor qaratildi. Biz o‘zimizga tegishli vazifalarni belgilab oldik.
Ko‘zlangan maqsad esa xotin-qizlarni va ijtimoiy himoyaga muhtojlarni bandligini ta’minlash, ularga hunar sirlarini o‘rgatish. Xususan, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, hududlarda hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlarida hunarmandchilik o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Shuningdek, yil davomida yurtimizning oltmishga yaqin tumanida o‘quv kurslari tashkil etilib, 620 nafar xotin-qizlarga hunar o‘rgatish rejalashtirildi.
“Mehribonlik uylari”da tarbiyalanayotgan yoshlarning kelajakda ijtimoiy moslashuvi va ish bilan band bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida 2020 yil 1 martdan mohir hunarmandlar ko‘magida usta-shogird an’anasiga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlari joriy etiladi. “Usta-shogird” maktablari faoliyati yanada takomillashtiriladi.

Ulug‘bek ABDULLAEV,
O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand“ uyushmasi raisi

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati