Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Nazirov Аlisher Nosirovich – Prezident farmoniga koʼra – «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi

Nazirov Аlisher Nosirovich – Prezident farmoniga koʼra – «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi

Bugun 29 avgust kuni “Hunarmand” uyushmasining Fargʼona viloyati boshqarmasi boshligʼi Rasuljon Mirzaahmedov va boshqarma xodimlari «Hunarmand» uyushmasining Rishton tumani boʼlimi aʼzosi, usta-kulol Nazirov Аlisher Nosirovich    nufuzli davlat mukofotiga sazovor boʼlganligi munosabiti bilan tabriklashdi. Usta hunarmand  Prezident Shavkat Mirziyoevning Farmoni bilan «Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va…

Bugun 29 avgust kuni “Hunarmand” uyushmasining Fargʼona viloyati boshqarmasi boshligʼi Rasuljon Mirzaahmedov va boshqarma xodimlari «Hunarmand» uyushmasining Rishton tumani boʼlimi aʼzosi, usta-kulol Nazirov Аlisher Nosirovich    nufuzli davlat mukofotiga sazovor boʼlganligi munosabiti bilan tabriklashdi. Usta hunarmand  Prezident Shavkat Mirziyoevning Farmoni bilan «Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida» Prezident farmoniga  koʼra –    «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Author: Uyushma axborot xizmati