Joriy yilning 13 may kuni Navoiy viloyati “Hunarmand” markazi binosida kulolchilik anʼanalarini saqlab qolish, Rishton kulolchilik maktabining tajribasini hamda sir-sinoatlarini “Ustoz-shogird” anʼanalari yoʼnalishida oʼrgatish maqsadida, rishtonlik usta kulol Ismoiljon Komilov ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.
Davra suhbatida “Oʼzsanoatqurilishbank” АTB vakili, Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbari Jamshid Jumaev, Navoiy viloyati hokimining kotibiyat mudiri Ulugʼbek Bahriddinov hamda 25nafar hunarmandlar va OАV vakillari ishtirok etdi.