"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Navoiy viloyati Nurota tumani “Chashma” Hunarmandchilikka ko‘maklashish markazining ochilish marosimi o‘tkazildi

Navoiy viloyati Nurota tumani “Chashma” Hunarmandchilikka ko‘maklashish markazining ochilish marosimi o‘tkazildi

Bugun 2020 yilning 10 dekabr kuni Navoiy viloyati Nurota tumani “Chashma” Hunarmandchilikka ko‘maklashish markazining ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev ishtirok etdi. Yurtimizda tashqi va ichki turizmni rivojlantirishda xorijiy mehmonlar, mahalliy aholi va ayniqsa, yoshlarni xalqimizning bebaho madaniy-tarixiy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlari, hunarmandchiligi bilan yaqindan tanishtirish hamda ommalashtirish muhim…

Bugun 2020 yilning 10 dekabr kuni Navoiy viloyati Nurota tumani “Chashma” Hunarmandchilikka ko‘maklashish markazining ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev ishtirok etdi.

Yurtimizda tashqi va ichki turizmni rivojlantirishda xorijiy mehmonlar, mahalliy aholi va ayniqsa, yoshlarni xalqimizning bebaho madaniy-tarixiy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlari, hunarmandchiligi bilan yaqindan tanishtirish hamda ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 17 noyabrdagi  “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-sonli farmoni bilan Nurota tumanida Hunarmandchilikka ko‘maklashish markazi qurib, ishga tushirilishi belgilangan edi. O‘tgan davr ichida qo‘rkam va barcha qulayliklarga ega Markaz qad rostladi. Amaliy san’at va milliy hunarmandchilikning bugungi kungacha saqlanib qolgan o‘ziga xos maktablari an’analarini asrash, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, ilmiy o‘rganish hamda kelajak avlodga yetkazish, xalqimizning amaliy san’at va milliy hunarmandchilik tarixi hamda boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish maqsadida tashkil etilgan markaz kelgusida Nurota kashtado‘zlik maktabi yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ochilish marosimi Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi Xalilov Umarbek Yaxshimurodovich ishtirok etdi.

“Hunarmand” uyushmasi rahbari Ulug‘bek Abdullayev o‘z so‘zida Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil

17 noyabrdagi  “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-sonli farmoni bilan Nurota tumanida Hunarmandchilikka ko‘maklashish markazi qurib, ishga tushirilishi belgilangan edi. Qisqa vaqt ichida ushbu ko‘rkam majmua qurilib, foydalanishga topshirilishi, nafaqat nurotaliklarning, balki viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi 1475 nafar “Hunarmand” uyushmasi a’zolarining, bizning yutug‘imiz bo‘ldi.

Keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sabab barcha sohalar kabi hunarmandchilik ham shiddat bilan rivojlanmoqda. Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Rishton, Toshkent, Shahrisabz, Xiva, Shahrixon kabi hunarmandchilik rivojlangan shaharlarda tashkil etilgan 78 tahunarmandchilik markazlari qatoriga bugun Nurotaning ham qo‘shilgani viloyatda turizm va hunarmandchilik rivojida yangi bosqich bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi deb ta’kidladi.

2020 yil barcha qatori hunarmandlar ham pandemiya sabab qator qiyinchiliklarni boshdan kechirishdi. Ammo hukumatnimizning qo‘llab-quvvatlashi natijasida tijorat banklari tomonidan 2020 yilda viloyat hunarmandlariga 18 mlrd 900 ming so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. 2018-2020 yillar davomida viloyatda hunarmandchilik hisobiga 11 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Nurota tumanida milliy hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha uyushmaga a’zolar soni 285 nafarni tashkil etadi.Bugun Nurota kashtalari o‘zbek milliy brendiga aylanib ulgurgan, desam xato qilmayman. Qo‘li gul opa-singillarimiz tomonidan yaratilayotgan betakror kashta namunalari dunyoning ko‘plab davlatlarida, jumladan, Germaniya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Fransiya, Rossiya, Gollandiya, MDH davlatlarida namoyish etilib, o‘z xaridorlarini topib kelmoqda.

Kelgusida ushbu markazda xalqaro miqyosidagi ko‘plab festivallar va ko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar o‘tkaziladi, bu yerga O‘zbekiston va butun dunyodan hunarmandlar, olimlar, soha mutaxassislarijam bo‘ladi, o‘zaro tajriba almashish va ijodkorlar uchrashadigan dargohga aylanadi.

Ushbu markazni qurishda yaqindan yordam bergan barchaga, jumladan, Navoiy viloyati hokimi Kobul Beknazarovich Tursunovga, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati bosh direktori Kuvondik Sanakulovich Sanakulovga, Nurota tumani hokimi Umarbek Yaxshimurodovich Xalilovga, barcha quruvchi-arxitektorlarga hunarmandlar nomidan chuqur minnatdorchiligimni bildiramiz.

“Chashma” hunarmandlar markazi barchamizga muborak bo‘lsin!