Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Muhtaram ustoz va murabbiylar! Hurmatli usta hunarmandlar!

Muhtaram ustoz va murabbiylar! Hurmatli usta hunarmandlar!

Avvalo, barchamizga ilm o‘rgatgan, ta’lim-tarbiya  bergan jonkuyar, fidoyi o‘qituvchilarni sohada mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Albatta, ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati har qanday yuksak baholarga munosibdir. Hunarmandchilik sohasida ham usta-shogird an’analari, maktablari asosida usta shogirdiga hunar o‘rgatadi….

Avvalo, barchamizga ilm o‘rgatgan, ta’lim-tarbiya  bergan jonkuyar, fidoyi o‘qituvchilarni sohada mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Albatta, ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati har qanday yuksak baholarga munosibdir.

Hunarmandchilik sohasida ham usta-shogird an’analari, maktablari asosida usta shogirdiga hunar o‘rgatadi. Hunarmandlarimiz shogirdlariga o‘z hunar sirlarini o‘rgatish bilan birga, ularni hayotda o‘z o‘rinlarini topishda  kuch g‘ayratlarini, bilimlarini ayamaydi. Har bir usto o‘z shogirdini usto darajasiga yetishi uchun u bilan birga tinimsiz mehnat qiladi.

Bugungi kunda Uyushma a’zo hunarmnadlar 36 ming nafardan ortiqni tashkil etsa, shogirdlar soni  56 ming nafardan ziyod, hunarmandlarimiz tomonidan 2020 yilda 1 oktyabr holatiga ko‘ra 53 mindan ortiq ish o‘rinlari yaratildi. Albatta bunda ustoz hunarmandlarimizni o‘rni beqiyosdir.

Aziz va muhtaram ustozlar! Hurmatli hunarmandlar!

Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Ulug‘bek Abdullayev
O‘zbekiston Respublikasi 
“Hunarmand” uyushmasi raisi

Author: Uyushma axborot xizmati