Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Muborak Qurbon hayiti tabrigi.

Muborak Qurbon hayiti tabrigi.

2020 yilning 31 iyul kuni mamlakatimizda yurtdoshlarimiz butun musulmon ummati bilan birgalikda Qurbon hayiti bayram tadbirlarini karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda nishonlaydilar. Muborak Qurbon hayiti mohiyatida xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy anʼana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targʼib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qoʼllab-quvvatlash mujassam. Ushbu muborak Qurʼbon hayiti munosabati bilan yurtimiz…

2020 yilning 31 iyul kuni mamlakatimizda yurtdoshlarimiz butun musulmon ummati bilan birgalikda Qurbon hayiti bayram tadbirlarini karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda nishonlaydilar.

Muborak Qurbon hayiti mohiyatida xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy anʼana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targʼib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qoʼllab-quvvatlash mujassam.

Ushbu muborak Qurʼbon hayiti munosabati bilan yurtimiz aholisini, jumladan hunarmandlarni, xalq amaliy saʼati ustalarini chin yurakdan muborakbod etaman.

Maʼlumki, Oʼzbekistonda soʼnggi yillarda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, eʼtiqod erkinligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, turli millat va elatlar oʼrtasida totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib bormoqda. Hunarmandlarimiz ham turli millat va ellat vakillari sifatida bir-biri bilan ijodiy munosabatdi tajriba almashib, qolaversa usta-shogird anʼanalari asosida hunarmandchilik rivojiga oʼz hissalarini qoʼshib kelmoqdalar.

Qadrli hunarmandlar!

Yaratganning neʼmatlari ziyoda boʼlayotgan va shukronalik hislari qalblarimizni nurafshon qilayotgan ushbu ayyomda Sizlarni, chin yurakdan  qutlab, Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik tilayman.

“Diling – Аllohda, qoʼling – mehnatda boʼlsin”, degan olijanob eʼtiqod bilan hayot kechirayotgan barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor Muborak Qurbon hayiti bilan tabriklayman.

Oʼzbekiston Respublikasi
“Hunarmand” Uyushmasi Raisi
U. Аbdullaev

Author: Uyushma axborot xizmati