O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-son qarorining 7-bandi bo‘yicha ko‘rgazma zallari, galeriyalar, pavilonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish qilish va sotish uchun joylar, faoliyatini kengaytirish uchun ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmualarida yer uchastkalari ajratilishida Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlik qo‘llanishi belgilangan.
Farg‘ona viloyati Furqat tumanidan Milliy katalogga birinchilardan kiritilgan usta hunarmand O‘zbekiston Halq ustasi Yunusov Muxamadaliga hunarmandchilik ustaxonasi, uy-muzey hamda mahsulotlar galeriyasi binosi qurilishi uchun tuman hokimining 2020 yil 24 mart kunidagi №242-sonli qaroriga asosan Qo‘qonboy shaharchasi hududidan qishloq xo‘jaligidan bo‘sh turgan yerdan 0.60 gektar yer maydoni ajratib berildi. Majmuani qurish uchun viloyat hokimligi tomonidan mahalliy byudjetdan 4.5 mlrd so‘m ajratilgan. Loyihalar ishlab chiqilib qurilish ishlari boshlangan. 2020 yakunida loyiha amalga oshirish orqali 200 dan ortiq yoshlar usta-shogird maktabi orqali bandligi ta’minlanadi.