Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > I.Sultonov tomonidan 2005 yilda “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasiga asos solinib, milliy matolar va gilamchilik yoʼnalishida faoliyat koʼrsatib keladi

I.Sultonov tomonidan 2005 yilda “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasiga asos solinib, milliy matolar va gilamchilik yoʼnalishida faoliyat koʼrsatib keladi

Qoʼshtepa tumani “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari, usta hunarmand Sultanov Ibroxim Аshiralievich mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, qulay ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar tufayli xususiy sektorning nafaqat ichki bozorini sifatli mahsulotlar bilan toʼldirishda, balki yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, eksport hajmini oshirishda oʼz oʼrnini topgan tadbirkorlardan hisoblanadi. I.Sultonov tomonidan…

Qoʼshtepa tumani “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari, usta hunarmand Sultanov Ibroxim Аshiralievich mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, qulay ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar tufayli xususiy sektorning nafaqat ichki bozorini sifatli mahsulotlar bilan toʼldirishda, balki yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, eksport hajmini oshirishda oʼz oʼrnini topgan tadbirkorlardan hisoblanadi.

I.Sultonov tomonidan 2005 yilda “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasiga asos solinib, milliy matolar va gilamchilik yoʼnalishida faoliyat koʼrsatib keladi. Dastlab bir necha kishi bilan boshlangan ushbu korxonada hozirgi kunda barcha filiallarida 310 nafardan ziyod ishchi va xodimlar mehnat qilib keladi.

Korxonada ipakdan toʼqilayotgan sifatli gilamlar xorijda ham mashhur. Ipak gilam toʼqish sabr, qunt va matonat talab qiluvchi mehnatdir. Dizayner yaratib bergan naqsh eskizi asosida oʼrtacha kattalikdagi gilamlar

1 yildan 3 yilgacha muddatda toʼqiladi. Milliy hunarmandchilik anʼanalarini oʼzida mujassam etgan hamda eng zamonaviy dastgohlarda tayyorlanayotgan “Marmar”, “Quyosh”, “Qaldirgʼoch”, “Koʼngil ogʼochi”, “Etti togʼ chechagi”, “Osmon gumbazi” nusxali gilamlar xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun har yili oʼtkazib kelinadigan “Tashabbus” koʼrik tanlovining turli yillardagi viloyat hamda respublika bosqichi sovrindorlari qatoridan oʼrin olgan.

Kam taʼminlangan oilalarga har yili 15 mln. soʼmdan ortiq moddiy yordam koʼrsatib keladi. Shuningdek, bir nafar kam taʼminlangan oilaga

uy-joy qurib berilgan. Bundan tashqari, Mumtoz mahalla fuqarolar yigʼinida istiqomat qiluvchi fuqarolarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 1.3 km ichimlik suvi tarmogʼi tortib berilgan.

2019 yil 10-15 sentyabrь kunlari Qoʼqon shahrida oʼtkazilgan xalqaro hunarmandchilik festivalida ipakdan tayyorlangan mahsulotlarini keng namoyish etib faol ishtirok etgan.

Korxonada “Ustoz-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga malakali ishchilar tomonidan kasb sirlari puxta oʼrgatilmoqda. Ularga zarur sharoitlar yaratish maqsadida soha mutaxassislari bilan doimiy hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.

Koronavirus infektsiyasi sababli davom etayotgan karantin davrida tadbirkor I.Sultonov tomonidan kam taʼminlangan, yakka-yolgʼiz hamda nogironligi boʼlgan fuqarolarning holidan xabar olinib xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, korxona ishchilari va ehtiyojmand oilalarning 550 nafariga kundalik ehtiyoj uchun zarur boʼlgan oziq-ovqat mahsulotlari begʼaraz xayriya sifatida tarqatildi (1 qop un, 5 litr oʼsimlik yogʼi).

Bundan tashqari, mohir usta I.Sultonov tashabbusi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida Margʼilon shahrida Hunarmandlar markazi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Bu yerda 600 nafar usta faoliyat boshlab, 200 dan ortiq turdagi atlas va adras toʼqish, gilamchilik, maishiy xizmat, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi. Ular tomonidan 2 mingga yaqin xotin-qiz, yoshlar ishga jalb etildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev joriy yilning 5-6 iyunь kunlari Fargʼona viloyatiga tashrifi chogʼida mazkur Hunarmandlar markazida boʼlib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati