Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > «Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi» doirasida 2021 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarga tijorat banklari tomonidan kreditlarni ajratilishi to‘g‘risida videokonferensiya o‘tkazildi

«Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi» doirasida 2021 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarga tijorat banklari tomonidan kreditlarni ajratilishi to‘g‘risida videokonferensiya o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida «Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi» doirasida 2021 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarga tijorat banklari tomonidan kreditlarni ajratilishi to‘g‘risida videokonferensiya o‘tkazildi. Videokonferensiyada O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rahbar va xodimlari, uyushmaning viloyat boshqarmalari, tuman bo‘lim rahbarlari, ATB “Agrobank”, ATB “Mikrokreditbank” hamda AT “Xalq banki” mutasaddilar ishtirok etdi. Videokonferensiyani O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand”…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida «Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi» doirasida 2021 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarga tijorat banklari tomonidan kreditlarni ajratilishi to‘g‘risida videokonferensiya o‘tkazildi.

Videokonferensiyada O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rahbar va xodimlari, uyushmaning viloyat boshqarmalari, tuman bo‘lim rahbarlari, ATB “Agrobank”, ATB “Mikrokreditbank” hamda AT “Xalq banki” mutasaddilar ishtirok etdi.

Videokonferensiyani O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev kirish so‘zi bilan ochdi va quyidagi takliflarga alohida to‘xtaldi.

1) Tijorat banklariningboshqaruvi tomonidan barcha bank filiallariga2021 yilda amalga oshirilishi belgilangan hunarmandchilik loyihalari bo‘yicha hujjatlarni so‘zsiz qabul qilish va o‘rnatilgan tartibda kreditlarni ajratish ham sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan rasmiy topshiriq yuborish.

2) Uyushma tomonidan telegramm ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan

AT “Xalq banki” (hunarmandchilik), ATB “Agrobank” (hunarmandchilik) va ATB “Mikrokreditbank” (hunarmandchilik) guruhlariga a’zo bo‘lgan tijorat banklarining mas’ul xodimlari tomonidan, guruhlarda yoritilayotgan muammolarni tezkorlik bilan o‘rganib chiqish hamda mavjud muammolarni hal etishda “Xalq banki” boshqaruvi misolida uyushma xodimlariga amaliy yordam berish ishlarini yanada jadallashtirish.

3) Tijorat banklarining viloyat boshqarmalari masu’l xodimlari uyushma xodimlari bilan kelishgan xolda har xaftada bir marotababirgalikda har bir tuman va shaharlarga chiqqan holda bank va huarmand(mijoz) o‘rtasidagi munosabatlarda vujudga kelayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rishni tashkil etish.

4) Tijorat banklari tomonidan har 10 kunda ajratilgan kreditlar to‘g‘risida uyushma tomonidan taqdim etilgan jadvalga asosan rasmiy ma’lumot taqdim etish ishlari yo‘lga qo‘yish.

Videokonferensiyada Markaziy bank raisi o‘rinbosari- Kamalov Ayubxon Aribdjanovich so‘z yuritib hunarmandlikka yo‘naltirilgan mablag‘ yetarli, agar qaysi xududda muammo bo‘lsa Markaziy bankka murojaat qilish kerakligi xaqida gapirdi.

Videokonferensiyada asosan tijorat banklari tomonidan kredit olishda dolzarb muammolar haqida so‘z yuritildi.

Author: Uyushma axborot xizmati