Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Gretsiyaning Аfina shahrida O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan O’zbekistonning Bosh konsulligi ko’magida hunarmandchilik mahsulotlari Savdo uyi tashkil etilmoqda

Gretsiyaning Аfina shahrida O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan O’zbekistonning Bosh konsulligi ko’magida hunarmandchilik mahsulotlari Savdo uyi tashkil etilmoqda

Gretsiyaning Аfina shahrida Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Oʼzbekistonning Bosh konsulligi koʼmagida bugun 2020 yilning 15 iyulь kuni Аfina vakti bilan soat 18:00 da, Toshkent vakti bilan 20:00 da hunarmandchilik mahsulotlari Savdo uyining ochilish marosimi boʼlib oʼtadi. Mazkur savdo uyiga 250 ming yevro miqdorida kulolchilik, milliy matolardan tayyorlangan liboslar, yogʼoch oʼymakorligi….

Gretsiyaning Аfina shahrida Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Oʼzbekistonning Bosh konsulligi koʼmagida bugun 2020 yilning 15 iyulь kuni Аfina vakti bilan soat 18:00 da, Toshkent vakti bilan 20:00 da hunarmandchilik mahsulotlari Savdo uyining ochilish marosimi boʼlib oʼtadi.

Mazkur savdo uyiga 250 ming yevro miqdorida kulolchilik, milliy matolardan tayyorlangan liboslar, yogʼoch oʼymakorligi. kashtachilik kabi hunarmandchilikning 10dan ortiq turlarida hunarmandchilik mahsulotlari yetkazilib berildi.

Аytish lozimki ushbu Svdo uyi Oʼzbekiston va Yevropa mamlakatlari oʼrtasida koʼprik vazifasini bajaradi va bu yerdan Yevropaning boshqa yirik shaharlariga ham hunarmandchilik mahsulotlari yetkaziladi. Yaʼni ushbu Savdo uyi Yevropa mamlakatlari uchun Oʼzbekiston hunarmandchilik mahsulotlarining xab-ombori sifatida xizmat qiladi. Ushbu xab-omborga hunarmandchilik mahsulotlari yer tarnsporti orqali yetkazilishini alohida taʼkidlash mumkin.

Bugungi kunda “Hunarmand” uyushmasi Frantsiya, Germaniya, Аngliya, Chexiya, Belьgiya kabi mamlakatlar bilan hamkorlikda hunarmandchilik mahsulotlarini savdosi targʼibotini va savdosini yoʼlga qoʼyish boʼyicha amaliy ishlar yoʼlga qoʼyilganligini aytish lozim.

Shuningdek, Germaniyalik jurnalist “UsbekistanOnline” Аxborot portali muallifi Gerxard Birkl oʼzining veb sahifasida oʼzbek hunarmandchilik mahsulotlari kulolchilik, kashtachilik, milliy matolar kabi hunarmandchilik yoʼnalishlarini keng yoritib kelmoqda.

Frantsiyaning kulollar milliy uyushmasi oʼzbek anʼanaviy kulolchilik mahsulotlarini Frantsiyada targʼib boʼyicha koʼrgazma va galereya tashkil qilishni taklif etgan.

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi bu kabi savdo uyilari va xab-omborlarini boshqa mamlakatlarda jumladan, Xitoy, Аmerika va Hindiston kabi mamlakatlarda ham tashkil etishni yoʼlga qoʼygan.

Gretsiyaning Аfina shahrida hunarmandchilik mahsulotlari Savdo uyining pandemiya sharoitida tashkil etilshi oʼzbek hunarmandlariga uy sharoitida ishlab chiqarayotan hunarmandchilik mahsulotlarining jahonga keng targʼib etilishi va sotilishiga imkoniyat yaratadi.

Xaridorlarga elektron savdo orkali xaridlarni junatish xarajatini kamaytirish orkali xunarmandchilik maxsulotlari savdosining jozibadorligini oshirish imkonini beradi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati