Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Davlat tilida ish yuritish nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi

Davlat tilida ish yuritish nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi

Bugan 10 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  Davlat tilida ish yuritish nomli kitobning  taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotni Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev olib bordi. Taqdimotda so‘zga chiqqanlar, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari hamda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va…

Bugan 10 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  Davlat tilida ish yuritish nomli kitobning  taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotni Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev olib bordi.

Taqdimotda so‘zga chiqqanlar, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari hamda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini  yanada takomillashtirish, bugungi kunda  hududlarda faoliyat olib borayotgan  savdo rastalari hamda peshtoqlarida yozuvlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi haqida so‘z yuritdilar.

21 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan. Mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida – davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda. 

Tadbirda hududlarda til bayramiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kechalaro‘tkazilishi haqida ham so‘z bordi.

Davlat tilida ish yuritish nomli kitobning taqdimot marosimida “Hunarmand” uyushmasining  davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilrabo Xalikova ishtirok etdi. 

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati