Ismatilloyev Xolmahmat XXX
Kasbi
Chinni, fayans va sopol buyumlari
F.I.O
Ismatilloyev Xolmahmat XXX
Pasport seriyasi raqami
*********
Tug'ilgan vaqti va joyi
01.12.1951 Samarqand viloyati Samarqand tumani
Fuqoroligi
O'zbekiston
Ma'lumoti
o'rta
Yashash manzili
Samarqand shahar Gala osiyo mahallasi
Faoliyat manzili
Samarqand shahar Gala osiyo mahallasi
Telefon raqami:
998905035765
E-mail:
khunarmand@yandex.ru
Web sahifasi:
yo'q
Shogirdlari soni:
6
Faoliyat turi:
Chinni, fayans va sopol buyumlari
Qay biriga ega:
Xalq ustasi
Uyushmaga birinchi marta a'zo bo'lgan yili:
1997 yil
Davlat mukofotlari
O'zbekiston Respublkasi Prezidentining 2008 yil 25 avgustdagi farmoniga binoan "DO'STLIK" oredeni, 2016 yil 24 avgustda "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ USTASI" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Yurtimizda o'tkazilgan ko'rgazma-tanlov, festivallardagi ishtiroki
Toshkent shahrida Badiiy Akademiyasi binosida “Hunarmand”lar uyushmasining 10 yilligi yubileyi munosabati bilan tashkil qilingan Respublika ko'rgazmasi ishtirokchisi. Badiiy Akademiyasining 1 daraja diplomi bilan va Respublika “Hunarmand” uyushmasining 1 darajali diplomi bilan taqdirlandi. 2011 yil avgust oyida Toshkent shahrida bo'lib o'tgan “Istiqlol tufayli e'zoz va e'tibor topgan hunarmandlar” nomli ko'rgazmaga qatnashib diplom bilan taqdirlandi. "Tashabbus 2017" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichida 2 o'rin soxibi. 2018 yil sentyabr oyida o'tkazilgan "XALQARO MAQOM SANATI ANJUMANI" festivalida o'z maxsulotlari bilan qatnashdi. 2019 yil aprel oyida bo'lgan "XALQARO BAXSHICHILIK SAN'ATI" festivalida xunarmandchilik maxsulotlari bilan qatnashdi. 2019 yil "SHARQ TARONALARI" festivalida ko'rgazma qildi. 2018-2019 yillarda "Silk Road Bazaar" festivali ishtirokchisi.2019 yil 10-15 sentyabr Qo'qonda birinchi xalqaro hunarmandchilik festivali
Xorijiy davlatlarda o'tkazilgan ko'rgazma-tanlov, festivallardagi ishtiroki:
2002 yil aprel oyida Germaniyada “Kulol”lar ko'rgazmasi ishtirokchisi. 2003 yil may oyida Gollandiyaning Laynen shahridagi butun jahon kulollar ko'rgazmasi ishtirokchisi.
Ustozi haqida (Sulola davomchisi bo'lsa, sulola haqida qisqacha ma'lumot) i
Nosirov Mansur – usto Umar Jurakulov shogirdi. Nosirov Mansur – O'zbekistondan xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, kata kulol.
Ijodining o'ziga xosligi
Kasbini chuqur o'rganib, qadimiy Afrosiyob kulolchiligi an'analariga to'liq rioya qilib asarlar yaratadi. Uning asarlari uziga xosligi, mazmunan teranligi rang va jiloga o'ta e'tibor berilganligi bilan ajralib turadi.Uning butun qirq yillik mehnat faoliyatini o'zbek xalqining eng qadimiy kasb-hunari kulolchilikni tiklash, asrab-qolish va davom ettirishga bag'ishlandi.Usto yaratgan koshinlar Samarqanddagi Tilla Kori, Ulug'bek madrasalarini, Go'ri Amir maqbarasini, Shohi Zinda majmuasini ta'mirlashga ishlatilib kelinmoqda. U yaratgan qubbalar Sherdor va Tillo Kori madrasalari gumbazlarida o'rnatilgan X.Ismatilloev tarixiy obidalarga ishlatiladigan ranglarni sifatini yaxshilash ustida tinmay ish olib bordi. Natijada 2009 yilda koshin va qubbalarning Samarqandga xos sariq moviy (biryuzaviy), oq qalayi ranglar bilan bo'yash texnologiyasini yaratdi. Shu yili Mirzo Ulug'bek zamonida ishlatilgan ischiroq, qalamdon, rangdon, maishiy idishlar shakllarni tiklab yaratdi.
Ishlab chiqargan mahsulotlari turlari va nomi
Usta 2008 yilda yangi nusxadagi asarlar yaratish bilain birga, Afrosiyob xarobalarida topilgan sopol parchalarini o'rganib kosa, shohkosa, piyola, ko'za, kozacha, lagan kabi buyumlarga igna bilan naqshlarni chizishni yo'lga qo'ydi. Qolaversa Masjid va madrasalarda qubbalar koshinlar arab yozuvlari xamda mayolika ishlari.
Qo'shimcha:(agar bo'lsa)
X.Ismatullaev oilali, to'rt nafar farzandni tarbiya qilayapdi. O'g'illari Rahmatillo, Nematillo, Hikmatillo, oliy o'quv yurtlarida o'qish bilan birga, kulolchilik sirlarini o'rganishgan va otalari kasbini davom ettirishmoqda. Shogirdi usto Ravshan xalqimizning boy tarixi bilan bog'liq sopol o'yinchoqlar, jumladan hushtaklar yasab ijod cho'qqisiga intilyapti.