Sirojiddin Raxmatillayev Rixsitillayevich
Kasbi
Yog'och o'ymakorligi
F.I.O
Sirojiddin Raxmatillayev Rixsitillayevich
Pasport seriyasi raqami
*********
Tug'ilgan vaqti va joyi
01.02.1953 yil Toshkent viloyati
Fuqoroligi
O'zbekiston
Ma'lumoti
Oliy
Yashash manzili
Toshkent viloyati Zangiota tumani, Eshonguzar QFY O.Alimov ko`chasi 33 uy
Faoliyat manzili
Toshkent viloyati Zangiota tumani, Eshonguzar QFY O.Alimov ko`chasi 33 uy
Telefon raqami:
998974024556
E-mail:
sraxmatillaev@mail.ru
Web sahifasi:
Yo`q
Shogirdlari soni:
100
Faoliyat turi:
Yog'och o'ymakorligi
Qay biriga ega:
Xalq ustasi
Uyushmaga birinchi marta a'zo bo'lgan yili:
1978 yil
Davlat mukofotlari
1997 yil O`zbekiston Respublikasining faxriy yorlig`i, 2003 yil O`zbekiston Respublikasi Xalq ustasi.
Yurtimizda o'tkazilgan ko'rgazma-tanlov, festivallardagi ishtiroki
Faoliyati davomida yurtimizda o`tkazilgan 200 dan ziyod ko`rgazma festivallarda faol ishtirok etib sertifikat va diplomlar bilan taqdirlangan.
Xorijiy davlatlarda o'tkazilgan ko'rgazma-tanlov, festivallardagi ishtiroki:
S.Rahmatillaev O'zbek yog'och o'ymakorligi dovrug'ini chet ellarga yoyishga hissa qo'shgan hunarmandlardan. Qator halqaro ko'rgazmalar ishtirokchisi, “BMTning 50 yilligi” diplomi sohibi. 2011 yilda Malayziya davlatiga taklif etilib, Malayziyaliklarga yog'och o'ymakorligi bo'yicha o'z hunarini o'rgatib qaytdi.
Ustozi haqida (Sulola davomchisi bo'lsa, sulola haqida qisqacha ma'lumot) i
Yo`q
Ijodining o'ziga xosligi
O'ymakorlikda kesib olingan sadaf bo'laklarini nafis o'yma bezaklar ichiga joylashtirish texnikasini amaliyotga joriy etdi.
Ishlab chiqargan mahsulotlari turlari va nomi
Yog'och o'ymakorligi asosida yig'ma so'ri, ayvon va shiyponlar, uy-ro'zg'or buyumlari, milliy eshik, derazalar, ko'p qavatli uylar uchun zinalar, o'yma ustunlar va o'yma ayvonlar, 8 xildagi o'yma xontaxtalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan.
Qo'shimcha:(agar bo'lsa)
1997 yilda O'zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig'I, 2003 yilda "O'zbekiston Xalq ustasi" faxriy unvoni bilan mukofotlangan. Mehnat staji 36 yil, mazkur vazifada 2013 yildan ishlamoqda. O'zbekiston rassomchilik akademiyasi a'zosi. S.Raxmatillaev mohir yog'och o'ymakor ustasi sifatida tarixiy obidalarni qayta tiklash, milliy va zamonaviy inshootlarni qurishda samarali mehnati uchun 2003 yilda O'zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig'i bilan taqdirlangan. Mohir hunarmand jamoasi bilan Oliy Majlis binosi, “Qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyi, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi, Motamsaroy Ona, Imom Al-Buxoriy, Bahovuddin Naqshbandiy va Hazrati Imom majmualari, O'zbekiston Oliy sudi binosi kabi o'nlab inshootlarga o'ymakorlik ayvonlari va o'yma eshiklar tayyorlanishi hamda ularni sharqona, milliy uslubda bezalishiga munosib hissasini qo'shgan. 2007 yilda Toshkent shahri Islom madaniyatining poytaxti deb e'lon qilingandan ruhlanib, Hazrati Imom majmuasida “Samolarga yuksalish” deb nomlangan 7 ta milliy o'ymakor uslubdagi eshiklar to'plamini yaratdi va xalqaro anjuman qatnashchilarining yuksak e'tirofi va tahsiniga sazavor bo'ldi. U Toshkent yog'och o'ymakorlik maktabi an'analarini izchil davom ettirib, soha rivojiga bir qator yangiliklar kiritdi. S.Raxmatillaev o'z mehnat faoliyatida 100 nafardan ortiq shogird tayyorlagan. Hozirda ham “ustoz-shogirdlik” an'analarini davom ettirib, ko'plab maktab o'quvchilari va kollej bitiruvchilariga o'z kasbining sinoatlarini o'rgatmoqda. 2016 yilda 19 nafar shogirdiga kasb sirlarini o'rgatib, ularning mohir usta bo'lib yetishishlariga o'z hissasini qo'shdi. 2016-2018 yillar davomida tumandagi maktablarning 50-nafarga yaqin o'quvchilarga kasb sirlarini o'rgatdi. U milliy istiqlol g'oyasining faol targ'ibotchisi hamdir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qo'lga kiritilayotgan ulkan yutuqlar haqida maktablar, kasb-hunar kollejlari, mahallalarda bo'ladigan uchrashuv va tadbirlarda faxr va g'urur bilan so'zlaydi. S.Raxmatillaev o'zi yashayotgan mahalla faollaridan. O'zi yashayotgan hudud hayotining barcha jabhalarida, jamoat ishlarida ko'magini ayamaydi. Usta-shogird an'ananasini davom ettirish, yo'g'och o`ymakorligik san`atini rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi "Hunarmand" uyushmasi qoshidagi Toshkent viloyati Zangiota tumanida "Usta-Shogird" maktabini tashkil qilgan.