Kamoliddin Raxmatillayev Sirojiddinovich
Kasbi
Yog'ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari
F.I.O
Kamoliddin Raxmatillayev Sirojiddinovich
Pasport seriyasi raqami
*********
Tug'ilgan vaqti va joyi
08.07.1978
Fuqoroligi
O'zbekiston
Ma'lumoti
Oliy
Yashash manzili
Toshkent viloyati Zangiota tumani, Eshonguzar O.Alimov ko`chasi 33 uy
Faoliyat manzili
Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar, Mustaqillik kochasi 1A uy
Telefon raqami:
998974024556
E-mail:
kraxamtillayev@mail.ru
Web sahifasi:
Yo`q
Shogirdlari soni:
50
Faoliyat turi:
Yog'ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari
Qay biriga ega:
Xalqaro ko'rgazma, ko'rik tanlov, festival g'olibi yoki lauriyati
Uyushmaga birinchi marta a'zo bo'lgan yili:
1998 yil
Davlat mukofotlari
Yo`q
Yurtimizda o'tkazilgan ko'rgazma-tanlov, festivallardagi ishtiroki
O'zbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil qilgan ko'rgazmalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2009 yil “Tasviriy san'at xaftaligi” festivalida faxriy yorliq bilan 2012 yilda esa “Tasviriy san'at xaftaligi” oltin medal bilan taqdirlandi 2011 yil “Tashabbus” ko'rik tanlovining tuman bosqichida 1-o'rinni Viloyat bosqichida esa sovrinli o'rinlarni egallagan. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “TASHABBUS-2017” ko‘rik-tanlovi Toshkent viloyat bosqichi LAUREATI, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “TASHABBUS-2017” ko‘rik-tanlovi toshkent viloyati bosqichi “ENG YAXSHI HUNARMAND”YO'NALISHI bo`yicha 1 o`rin g`olibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “TASHABBUS-2017” ko`rik-tanlovi Respublika bosqichi LAUREATI, “Ajdodlar merosi” festivali dilpom bilan taqdirlangan, 2017 yil I-Toshkent Xalqaro Amaliy San`t Festivali Sertifikat bilan taqdirlangan, 2018 yil 22-23 sentyabr “O‘zbekiston sovg`alari” Birinchi respublika ko’rgazma–savdosida faol ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlangan, 2019 yil Sentabir oyida Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida o`tkazilgan "Brinchi Xalqaro Hunarmandchilik festivali faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
Xorijiy davlatlarda o'tkazilgan ko'rgazma-tanlov, festivallardagi ishtiroki:
2005 yil O`zbekistoning Fransiya Elchixosini o`zining yo`g`och o`ymakorlik san`ati bilan jihozlash ishlarini fidokorona bajargan, 2006 yil Fransiyaning Parij shahrida Xalqaro festivali, 2007 yil Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida ko`rgazma-festivalida faol ishtirokchisi, 2008 yil O`zbekistononig Germaniyadagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan san`t xaftaligida sertifikat bilan taqdirlangan, 2016 yilda Xindiston davlatining Nyu-Dehli shahrida "ALPANA " tashkiloti tomonidan o`tkazilgan "SAMBHAV 2016" XI xalqaro festivali va doimiy ravishda Qozog`iston Respublikasida bo`lib otadigan san`at festivallarida faol ishtirok etib diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanib kelmoqda.
Ustozi haqida (Sulola davomchisi bo'lsa, sulola haqida qisqacha ma'lumot) i
Otasi Raxmatillaev Sirojiddin 2003 yilda "O'zbekiston Xalq ustasi" faxriy unvoni bilan mukofotlangan.S.Raxmatillaev mohir yog'och o'ymakor ustasi sifatida tarixiy obidalarni qayta tiklash, milliy va zamonaviy inshootlarni qurishda samarali mehnati uchun 2003 yilda O'zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig'i bilan taqdirlangan.Mohir hunarmand jamoasi bilan Oliy Majlis binosi, “Qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyi, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi, “Motamsaro Ona”, “Imom Al-Buxoriy”, “Bahovuddin Naqshbandiy” va “Hazrati Imom” majmualari, O'zbekiston Oliy sudi binosi kabi o'nlab inshootlarga o'ymakorlik ayvonlari va o'yma eshiklar tayyorlanishi hamda ularni sharqona, milliy uslubda bezalishiga munosib hissasini qo'shgan. U an'anaviy yog'och o'ymakorligi asosida yig'ma so'ri, ayvon va shiyponlar, uy-ro'zg'or buyumlari, milliy eshik, derazalar, ko'p qavatli uylar uchun zinalar, o'yma ustunlar va o'yma ayvonlar, 8 xildagi o'yma xontaxtalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan.2007 yilda Toshkent shahri Islom madaniyatining poytaxti deb e'lon qilingandan ruhlanib, “Hazrati Imom” majmuasida “Samolarga yuksalish” deb nomlangan 7 ta milliy o'ymakor uslubdagi eshiklar to'plamini yaratdi va xalqaro anjuman qatnashchilarining yuksak e'tirofi va tahsiniga sazavor bo'ldi.
Ijodining o'ziga xosligi
o'ymakorlik ayvonlari va o'yma eshiklar tayyorlanishi hamda ularni sharqona, milliy uslubda yaratish
Ishlab chiqargan mahsulotlari turlari va nomi
Asosiy faoliyat turi yong‘oq daraxti taxtasidan milliy hunarmandchilik buyumlari (lavhlar, laganlar, shkatulka-qutichalar va boshqalar
Qo'shimcha:(agar bo'lsa)
Raxmatillaev Kamoliddin Sirojiddinovich 1979 yil 8 iyulda Toshkent viloyati, Zagiota tumanida tug'ilgan U 1998 yilda “Usto” birlashmasida o'zining yog'och o'ymakorlik ustasi sifatidagi ish faoliyatini boshlagan. 2008 yilda O'zbekiston Badiy akademiyasi a'zosi bo'lgan. Ish faoliyati davomida yurtimizning turli joylarida bunyod qilingan katta inshoatlardan xashamdor va chiroyli bo'lishida o'z xissasini Oliy majlis binosi, 1998 yilda Imom Al Buxoriy majmuosi, Ko'kcha masjidlari 2002 yilda Shaxidlar maydoni o'yma eshiklari, 1999 yilda Xotira maydonidagi naqshinkor o'yma toqilar, Zangiota ziyoratgohining o'yma ayvonlari va o'yma eshiklarini chiroyli san'at asari darajasida amalga oshirgan. Xozirgi kunlarda ham yurtimizdagi inshoatlar qurilishlarga o'z xissasini qo'shib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz bo'lgan yog'och o'ymakorlik san'atini kelajak avlodga to'laqonligicha yetkazish maqsadida 50 dan ziyod shogird tayorlagan