Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “Culola” loyihasida yog‘och o‘ymakori, usta hunarmand Mirzayunus Umarov haqida so‘z yuritamiz

“Culola” loyihasida yog‘och o‘ymakori, usta hunarmand Mirzayunus Umarov haqida so‘z yuritamiz

Umarov Mirzayunus Jo‘rayevich ko‘p yillardan buyon “Hunarmand” uyushmasi Qo‘qon shahar bo‘limiga yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha a’zo hisoblanadi. Ushbu hunar bilan 60 yildan buyon shug‘ullanib keladi. M.Umarov O‘zbekiston xalq ustasi Qodirjon Xaydarovning 7-avlod vakili hisoblanadi. Umarov Mirzayunus 1954 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 5 nafar farzandning otasi. Farzandlariga usta-shogird an’anasi bo‘yicha o‘z hunarini o‘rgatib, oilaviy hunarmandchilikni yo‘lga qo‘ygan….

Umarov Mirzayunus Jo‘rayevich ko‘p yillardan buyon “Hunarmand” uyushmasi Qo‘qon shahar bo‘limiga yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha a’zo hisoblanadi. Ushbu hunar bilan 60 yildan buyon shug‘ullanib keladi. M.Umarov O‘zbekiston xalq ustasi Qodirjon Xaydarovning 7-avlod vakili hisoblanadi.

Umarov Mirzayunus 1954 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 5 nafar farzandning otasi. Farzandlariga usta-shogird an’anasi bo‘yicha o‘z hunarini o‘rgatib, oilaviy hunarmandchilikni yo‘lga qo‘ygan. M.Umarov bir necha marotaba shahar, viloyat va respublikasi ko‘rik tanlovlarida faol ishtirok etib turli xil nominasiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Qo‘qon shahrida Qodirjon Xaydarov yog‘och o‘ymakorligi maktabini davom ettirib 100 dan ortiq shogirdlarni tarbiyalagan va tarbiyalamoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati