Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Buxoro viloyatida Rishton kulolchilik maktabining tajribasini keng targʼib qilish hamda yangi ish oʼrinlari tashkil etish maqsadida

Buxoro viloyatida Rishton kulolchilik maktabining tajribasini keng targʼib qilish hamda yangi ish oʼrinlari tashkil etish maqsadida

     Joriy yilning 13 may kuni Buxoro viloyatining Gʼijduvon tumanida faoliyat olib borayotgan xalq amaliy sanʼati usatasi Аlisher Narzullaev kulochilik markazida kulolchilik anʼanalarini saqlab qolish, Rishton kulolchilik maktabining tajribasini hamda sir-sinoatlarini “Ustoz-shogird” anʼanalari yoʼnalishida oʼrgatish maqsadida, rishtonlik usta kulol Аlisher Nazirov ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.

   Davra suhbatida “Oʼzsanoatqurilishbank” АTB vakili Turgʼun Oʼtanov, Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbari Xurshid Yahyoev, Gʼijduvon tuman hokimining oʼrinbosari Аziz Yuldashevlar hamda 15 nafar hunarmandlar ishtirok etdi.
Davra suhbatining birinchi kunida kulollar oʼzaro tajriba almashishdi. Shuningdek, Rishton kulolchilik maktabining tajribasi asosida kulolchilik sir-sanoatlarini “Ustoz-shogird” anʼanalari yoʼnalishida oʼrganishni xoxlovchilar va kulolchilik yoʼnalishida oʼzini ishlab chiqarishini kengaytirishni xoxlovchilar aniqlandi va roʼyxati shakllantirildi. Davra suhbatining ikkinchi kunida mahorat darslari oʼtkaziladi, bu haqda keyingi lavhalarda soʼz yuritamiz.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati