Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Bugungi kunda O‘zbekiston-Turkiya: o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan hamkorlik jadal rivojlanmoqda

Bugungi kunda O‘zbekiston-Turkiya: o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan hamkorlik jadal rivojlanmoqda

Xalqlarimiz ko‘p asrlik tarixi, tili, dini, qadriyatlari va mushtarak urf-odatlari bilan bir-biriga chambarchas bog‘langan. Davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonch asosidagi do‘stona munosabatlar bugungi kunda izchil mustahkamlanib bormoqda. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Bugun 2021 yilning 25 may kuni O‘zbekiston…

Xalqlarimiz ko‘p asrlik tarixi, tili, dini, qadriyatlari va mushtarak urf-odatlari bilan bir-biriga chambarchas bog‘langan. Davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonch asosidagi do‘stona munosabatlar bugungi kunda izchil mustahkamlanib bormoqda.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.

Bugun 2021 yilning 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev, rais o‘rinbosari Aziz Murtazayev Turkiya Savdogarlar va hunarmandlar konfederasiyasi prezidenti Bendevi Palando‘ken bilan Zoom dasturi orqali onlayn uchrashuv o‘tkazilmoqda

Turkiya Savdogarlar va hunarmandlar konfederasiyasi (TESK)- bu Konstitusiyaning 135-moddasiga muvofiq qonun bilan davlat muassasasi sifatida tashkil etilgan professional tashkilot.

Ma’lumot uchun aytish lozimki, TESK tashkiloti hunarmandlarni va hunarmandlar ustaxonalarini, uyushmalarini tayinlash va federasiyalar o‘rtasida birdamlikni ta’minlash,umumiy kasb-hunarlarni rivojlantirish va rassomlarning ishlarini qo‘llab-quvvatlash, milliy va xalqaro miqyosdagi hunarmandlar va hunarmandlarning o‘z muammolarini hal qilish uchun milliy va xalqaro muassasalar bilan hamkorlikda  zarur choralarni ko‘radi .

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev O‘zbekiston Respublikasida hunarmandchilikni davlat tomonidan ko‘llab quvvatlanishi va “Hunarmand” uyushmasi faoliyati to‘g‘risida Kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

Turkiya Savdogarlar va hunarmandlar konfederasiyasi prezidenti Bendevi Palando‘ken O‘zbekiston va Turkiyada  sohada amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari Aziz Murtazayev 2019 yil Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan va 2022 yil bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan “Halqaro hunarmandchilik festivali” to‘g‘risida gapirdi.

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va Turkiyada “O‘zbekiston hunarmandlari xaftaligi” ni tashkil etish, Anqara shahrida o‘zbek hunarmandchiligi savdo uyini tashkil etish hamda Turkiya Savdogarlar va hunarmandlar konfederasiyasi va “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida memorandum tuzish bo‘yicha taklif bildirdi.

“Hunarmand” uyushmasi
Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati