Andijonda yoshlar hunarga jalb etilmoqda

Joriy yilning 21 noyabr kuni Andijon shahar Bank kollejida Savdo sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi o‘rinbosari v.v.b. A.Yunusaliyev, “Hunarmand” uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. R.Egamberdiv, Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Qurbonov, hamda Milliy cholg‘u asboblari ustasi “Shuhrat ordeni” sohibi A.Madraimov ishtirokida “Yoshlar daftari” bo‘yicha xatlov davomida kasb-hunarga qiziqish bildirgan yoshlar…

Joriy yilning 21 noyabr kuni Andijon shahar Bank kollejida Savdo sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi o‘rinbosari v.v.b. A.Yunusaliyev, “Hunarmand” uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. R.Egamberdiv, Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Qurbonov, hamda Milliy cholg‘u asboblari ustasi “Shuhrat ordeni” sohibi A.Madraimov ishtirokida “Yoshlar daftari” bo‘yicha xatlov davomida kasb-hunarga qiziqish bildirgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarga davlatimiz tomonidan tadbirkorlikka hamda hunarmandchilikka berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida tushuncha berildi. Hunarmand A.Madraimov o‘zining faoliyati va hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish sir-asrorlari to‘g‘risida aytib o‘tdi. Shuningdek uchrashuv ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlariga asosan hunarmandlarga berilgan imtiyozlar va perferensiyalar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Hunarmand bo‘lish istagini bildirgan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlariga asosan hunarmandlarga berilgan imtiyozlar va perferensiyalar aks ettirilgan bukletlar tarqatildi.

Author: Uyushma axborot xizmati