Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Andijon viloyatida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi

Andijon viloyatida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi

Aytish lozimki, koronavirus pandemiyasi dunyo aholisi turmush tarziga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim sohalar hatto jiddiy inqiroz yoqasiga ham kelib qoldi. Shu sababli dunyo mehnat bozori hamda yurtimizdagi vaziyat va ishsizlik masalalari nafaqat bugungi pandemiya davrida, undan keyin ham eng ko‘p e’tibor qaratish va vaziyatni yaxshilash uchun jiddiy choralar ko‘rish lozim bo‘lgan soha…

Aytish lozimki, koronavirus pandemiyasi dunyo aholisi turmush tarziga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim sohalar hatto jiddiy inqiroz yoqasiga ham kelib qoldi. Shu sababli dunyo mehnat bozori hamda yurtimizdagi vaziyat va ishsizlik masalalari nafaqat bugungi pandemiya davrida, undan keyin ham eng ko‘p e’tibor qaratish va vaziyatni yaxshilash uchun jiddiy choralar ko‘rish lozim bo‘lgan soha bo‘lib qoladi.

Shularni e’tiborga olgan holda hudadlarda band bo‘lmagan aholi uchun an’anaviy mehnat yarmarkalari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Bugun 9 sentyabr kuni Andijon viloyati  Andijon shahrida  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada “Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shahlo Soliyeva ham ishtirok etib, hunarmandchilik sohasining imkoniyatlari, kreditlar va usta-shogird maktablari asosida hunar o‘rganish, daromad topish, band bo‘lish imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi davomida  20 nafar aholi “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish istagini bildirdi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati