Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > An’anaviy  Rishton kulolchiligi doimo e’tiborda

An’anaviy  Rishton kulolchiligi doimo e’tiborda

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi U. Abdullayev Farg‘ona viloyatida hunarmandchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borishini ko‘rish uchun 2021 yil 11 avgust kuni Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘ldi. Birinchi navbatda joriy yil fevral oyida ishga tushirilgan “Xalqaro kulollar markazi”da  an’anaviy Rishton kulolchilik maktablari namoyondalari ustaxonalarida bo‘lib, hunarmandlarga yaratilgan sharoitlar, pandemiya davrida kulollarni mahsulotlarini ishlab chiqarish va…

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi U. Abdullayev Farg‘ona viloyatida hunarmandchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borishini ko‘rish uchun 2021 yil 11 avgust kuni Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘ldi. Birinchi navbatda joriy yil fevral oyida ishga tushirilgan “Xalqaro kulollar markazi”da  an’anaviy Rishton kulolchilik maktablari namoyondalari ustaxonalarida bo‘lib, hunarmandlarga yaratilgan sharoitlar, pandemiya davrida kulollarni mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishdagi muammolar bo‘yicha suhbatlashdi. O‘zbekiston halq rassomi, usta kulolA.Komilovlar sulolasi vakili Ismoiljon Komilov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Sharofiddin Yusupov, Baxtiyor Nazirov ustaxonalarida bo‘lib ustalar va hunar o‘rganayotgan shogirdlarni yangi ijod namunalari bilan tanishdi.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rishton tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora – tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 23 martdagi PQ-5033-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-2022 yillarda Rishton tumanidagi “Oq yer”, “To‘raobod”, “Uch ariq”  va “Qalaynav” MFYlarida  kulolchilik markazlarini ishga tushirilishi borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. “Oq yer” MFY da joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi xududidan ajratilgan 0.5 gektar bo‘sh yerda ikki qavatli to‘qqizta va “Qalaynav” MFY da 0.8 gektar bo‘sh yerda 3-qavatli 16 ta kulollar ustaxonalari quriladigan  “Hunarmandlar markaz”larining qurilish ishlari va loyihalari bilan tanishdi.Ushbu markazlar 2021 yil yakuni bilan, “To‘raobod”, “Uch ariq”  MFYdagi “Hunarmandlar markaz”lari 2022 yil yakuni bilan ishga tushirilib, mahalliy va xorijiy mexmonlar tashrif buyuradigan turistik obyektlarga aylanishi rejalashtirilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati