Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

“Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

2021 yil 23 iyun kuni “International hotel Tashkent” mehmonxonasida barcha davlat idoralari Matbuot kotiblari ishtirokida “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda “Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi, vazifasi va natijalari…

2021 yil 23 iyun kuni “International hotel Tashkent” mehmonxonasida barcha davlat idoralari Matbuot kotiblari ishtirokida “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda “Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi, vazifasi va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, davlat va jamiyat o‘rtasida sifatli muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash va hisobdorligini oshirishdagi faoliyati e’tirof etilib, Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Fursatdan foydalanib tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib qolaman!

Author: Uyushma axborot xizmati