Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulot import bojidan ozod qilindi

82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulot import bojidan ozod qilindi

Prezidentning “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji “nol” stavkada qo‘llaniladigan ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. U 82 ta tovarga tatbiq etiladi, ular jumlasida: kastor yog‘i va uning fraksiyalari; asbest; natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda; karbidlar, kimyoviy…

Prezidentning “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji “nol” stavkada qo‘llaniladigan ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

U 82 ta tovarga tatbiq etiladi, ular jumlasida:

  • kastor yog‘i va uning fraksiyalari;
  • asbest;
  • natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
  • karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
  • o‘simlik yoki chorvadan olinadigan bo‘yovchi moddalar;
  • keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan shishasimon emallar va glazurlar va shunga o‘xshash preparatlar;
  • to‘qimachilik bo‘yog‘i;
  • sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud bo‘lmagan tozalash vositalari;
  • moylash materiallari hamda to‘qimachilik matolari, charm, mo‘yna yoki boshqa materiallarga yog‘ va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
  • sun’iy mum;
  • tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
  • fermentlar, fermentli preparatlar;
  • to‘qimachilik tarmog‘ida qo‘llaniladigan pardozlash vositalari, bo‘yashni tezlashtirish yoki bo‘yoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
  • sun’iy mo‘yna;
  • yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yog‘ochdan shunga o‘xshash materiallar;
  • filtr qog‘oz va karton;
  • apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
  • zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
  • kompleks sintetik va sun’iy iplardan to‘qilgan gazlamalar;
  • kimyoviy iplardan va boshqa to‘qimachilik materiallaridan to‘qilgan to‘rlar.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2021 yildan kuchga kirdi.

Batafsil: kun.uz

Author: Uyushma axborot xizmati