Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > 2020 yilda hunarmandchilik sohasi rivojlanishini baholashning asosiy indikatorlari (9 oylik ko‘rsatgichlar )

2020 yilda hunarmandchilik sohasi rivojlanishini baholashning asosiy indikatorlari (9 oylik ko‘rsatgichlar )

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4539-sonli qarorining 16 band 3-xatboshida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlarni Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va «Hunarmand» uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2020 yildan…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4539-sonli qarorining 16 band 3-xatboshida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlarni Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va «Hunarmand» uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2020 yildan boshlab har chorakda ommaviy axborot vositalarida chop etib borilishini ta’minlasin, deb belgilangan.

Hurmatli sahifalarimizni kuzatib borayotgan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Axborot xizmati tomonidan hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlar e’lon qidinadi.

2020 yilda hunarmandchilik sohasi rivojlanishini baholashning asosiy indikatorlari.
(2020 yil 9 oylik ko‘rsatgichlar)

1-jadval.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining hunarmandchilikning 34 yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni. Buni jadval orqali ko‘rishingiz mumkin.

2- jadval

Mamlakatimizda xalqimizning madaniy merosi va tarixiy an’analarini saqlab qolish, xalq badiiy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli va kompleks chora tadbirlarni amalga oshirilishi, shu asosda aholi, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida qabul qilinayotgan sohaga oid farmon va qarorlar “Hunarmand” uyushmasiga bir qator vazifalar yukladi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, olib borilgan keng targ‘ibot va tashviqot ishlari natijasida “Hunarmand” uyushmasidan ro‘yxatdan o‘tgan hunarmandlar soni 3,7 barobarga oshdi. Ya’ni Farmon qabul qilinganga qadar “Hunarmand” uyushmasidan ro‘yxatdan o‘tgan hunarmandlar soni 9823 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 36 447 nafarni tashkil etdi.Ushbu ko‘rsatgichni quyidagi “Hunarmand” uyushmasiga a’zo hunarmandlar to‘g‘risidagi jadval ko‘rinishidagi ma’lumotda ko‘rishingiz mumkin.

3-jadval

Hunarmandchilikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2018 yilda 40 ming 338 ta, 2019 yil 48 175 ta, ish o‘rni tashkil etildi. Band bo‘lmagan aholi, ayniqsa, yoshlarga “ustoz-shogird” an’analari asosida hunarmandchilik sirlarini o‘rgatish maqsadida hunarmandlarga yoshlar shogird qilib berilmoqda. 2020 yilning 9 oyi davomida 59 748 yangi ish o‘rni yaratildi.Ko‘rsatgichlarni quyidagi hunarmandchilik yo‘nalishida yaratilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi jadvalda ko‘rishingiz mumkin.

4- jadval

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati